Germaniya kansleri Angela Merkel uyida karantinga o’tadi, chunki boshqa kuni u koronavirus tashxisi qo’yilgan shifokor bilan aloqada bo’lgan. Bu haqida yakshanba kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Steffen Seibert ma’lum qildi.

Foto: DW

“Kansler, bugungi matbuot oldidagi nutqidan so’ng, unga juma kuni profilaktika emlashini amalgan oshirgan shifokor koronavirus uchun ijobiy testdan o’tgani haqida xabar berildi”, dedi u.

“Kansler zudlik bilan uy karantiniga o’tishga qaror qildi”, deya qo’shimcha qildi Seibert. Uning so’zlariga ko’ra, kelgusi kunlarda u muntazam sinovlarni o’tkazadi. 

“Uy karantinida bo’lgan holda kansler rasmiy vazifalarni bajaradi”, dedi Vazirlar Mahkamasi vakili.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Germaniyada ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 18,6 ming kishini tashkil etadi, koronavirusdan 55 kishi vafot etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.