Foto: Sputnik

Ayni damda karantinda boʻlib turgan fuqarolar yeb-ichishi, madaniy hordiq chiqarishlari, boʻsh vaqtlarining unumli foydalanishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan.

“Chiroyli yangi sanatoriyaga joylashtirildik, kayfiyatimiz aʼlo, yangi doʻstlar orttirdik. Bu yerda hamma narsa bor, hatto uyda bunday mazali taomlar yemas edim. Dam olib lagerda yurgandek yuribmiz”, – deyishda karantinda saqlanayotganlar.  

Fuqarolarning yana biri esa koronavirus tufayli bir qancha davlatlar oʻz fuqarolarini kasallik tarqalgan mamlakatdan olib chiqib keta olmaganligini, lekin Oʻzbekiston bu jarayonga loqayd boʻlmaganligini aytadi.

Ushbu fuqarolar yangi taʼmirdan chiqqan sanatoriyaga joylashtirilgan boʻlib, ularga 5 mahal ovqat berilmoqda. Fuqarolarning har biridan har kuni yangi analiz olinmoqda.  Ularning salomatligi, immunitet tizimining koʻtarilishi shifokorlar tomonidan nazorat qilinmoqda.