O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra amaliy ishlar amalga oshirilishi davom etmoqda.

avto mashina kira obhavo bahor toshkent
Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda, deya Transport vazirligi xabar bermoqda.