“Yuventus” hujumchisi koronavirus bo’yicha salbiy natijani qayd etdi. Bu haqda Portugaliya matbuoti “Biankoneri” lageridagi ma’lumotlarga tayanib xabar beradi.

Foto: Forbes

Bugungi kunga qadar uchta “Yuve” futbolchilariga koronavirus tashxisi qo’yilgan. Kasallik markaziy himoyachi Daniel Rugani, yarim himoyachi Blez Matyudi va hujumchi Paulo Dibalada aniqlangan.

Uchalasi ham alohida izolyatsiya qilingan.

A Seriyadagi mavsum may oyidan oldinroq boshlanishi kutilayotgani yo’q.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.