Fransiyada koronavirus tarqalishiga qarshi kurashgan birinchi shifokor vafot etdi, dedi mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Olivye Veran.

Foto: Getty Images

“Kecha tunda menga kasalxonada ishlaydigan shifokorlardan birining vafoti haqida xabar berishdi. Bilishimcha, bu shifokorlar ichida birinchi o’lim”, – dedi vazir “LCI” telekanalida.

Veran marhum haqida “batafsil ma’lumot” berishdan bosh tortdi, chunki uning so’zlariga ko’ra, bu nafaqat tibbiy sir, balki oilaning xohish-irodasiga ziddir, deyiladi xabarda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 14,459 ni tashkil etadi, ulardan 562 kishi vafot etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.