Foto: Daryo.uz

Yangi smartfon marosimdagi reklama bloklaridan birida namoyish etilgan. Reklama roligida 90 daraja burchak ostida ochilgan qurilma ko‘rsatilgan va uning asosiy o‘ziga xosliklari va tashqi ko‘rinishi to‘liq oshkor etilgan.

Qurilma ikkita displeyga ega: asosiy, vertikal buklanuvchi va qurilma ekranidagi qo‘shimcha displey. Reklamada ko‘rsatilishicha, ikkinchi displey yordamida foydalanuvchi qo‘ng‘iroq qiluvchini ko‘rishi, uni qabul qilishi yoki bekor qilishi mumkin.

Mazkur qurilmaning to‘liq namoyishi bugun 11-fevral kuni, Unpacked taqdimotida bo‘lib o‘tadi.