Aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda bir qator savdo muassasalari faoliyati to‘xtatilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ma’lum qilindi.

oziq ovqat mahsulotlari peshtaxta
Foto: Pixabay

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida:

— dehqon bozorlari;

— supermarketlar;

— oziq-ovqat do‘konlari

— shifoxonalar;

— poliklinikalar;

— aptekalar;

— turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati to‘xtatilmaydi.

Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.