Xabaringiz bor koronavirus Xitoyning Uxan provisiyasidan tarqalib, pandemiya darajasiga yetdi. 11,08 million aholiga ega shahar 2 oy davomida karantinda bo‘ldi.

Foto: Google

Shunday qilib, o‘z vaqtida davolash, nazoratning kuchaytirilishi va karantin tufayli Xitoy hukumati ushbu virus ustidan qariyb g‘alaba qozondi.

Agar boshqa davlatlar ham karantin choralarini jiddiy qabul qilsalar, koronavirus tez orada aholi uchun xavf tug‘dirmaydi, deydi xitoyliklar.

Xitoy hukumati tez orada mazkur mintaqada karantin choralarini bekor qilib, normal hayot tartibini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.