Yakshanba kuni Afg’onistonda yangi koronavirus bilan kasallangan bemorning birinchi o’limi qayd etildi. Bu haqida Afg’onistonning “TOLOnews” telekanali xabar berdi.

Afg`oniston koronavirus
Foto: RIA novosti

Olingan ma’lumotlarga ko’ra, koronavirus infeksiyasidan o’lim holati mamlakat shimolida joylashgan Balx viloyatida qayd etilgan.

Hozircha boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.