AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifingda koronavirus kasalligi Toshkent shahridan tashqari Xorazm viloyatida ham qayd etilganini ma’lum qilgan edi.

Foto: O’zA

Bahrom Almatovning efirdan so‘ng ma’lum qilishicha, Xorazmdagi bemorda dastlabki tekshiruv natijalari u koronavirusga chalinganini ko‘rsatgan va  koronavirus bemorlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Takroriy tekshiruvda, ya’ni boshqa test tekshiruvi natijasida esa unda koronavirus tasdiqlanmagan.

Ayni vaqtda u karantinda saqlanmoqda.