Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazildi. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Foto: Google

«Bugungi kunga kelib Xorazm viloyatida ham koronavirusdan zararlanish holati qayd etilgan.

Lekin shuni yaxshi bilishimiz kerakki, kasallik belgilari va laboratoriya tahlillari asosida yakuniy tashxis qo‘yiladi.

Minglab fuqarolarimiz xorijdan vatanga qaytishda davom etmoqda. Albatta, ular ham gumonlanuvchi sifatida tekshirilib, tibbiy nazorat ishlari olib borilmoqda. Bu ishlar barcha viloyatlarda olib borilmoqda. 

Shunday ishlarni to‘laqonli amalga oshirish uchun yana 32 ta laboratoriya jalb etildi. Rossiyadan 14 ming dona test to‘plami xarid qilindi. Bu borada imkoniyatlarimizni oshirish va mutaxassislarni tayyorlash ishlari davom etmoqda», degan Bahrom Almatov Toshkent shahridan tashqari yana qaysi viloyatlarda koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi savolga javoban.