Abu-Dabi Klivlend klinikasi yuqumli kasalliklar bo‘lim boshlig‘i doktor Muhammad Mooti koronavirus muzlatkichda qancha vaqtgacha yashashi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu haqida «Rambler» xabar berdi.

Foto: Depositphotos.com

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, noldan past haroratda COVID-19 ikki yilgacha saqlanishi mumkin. Shu tariqa ekspert ekstremal haroratlar virusni o‘ldiradi degan taxminni inkor etdi. Mooti koronavirus shtammlari ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar va ular 20 daraja sovuq haroratda ham omon qolishi haqida gapirib berdi.

Doktorning ta’kidlashicha, yangi koronavirus chidamlilik borasida oldingilaridan qolishmaydi. Bundan chiqdi, u muzlatkich kamerasidagi mahsulotlarda ham, muzlatkich devorlarida ham jon saqlashi mumkin.

Eslatib o’tamiz, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 305 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.