Joriy yilning 22 mart kunidan boshlab Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi haqida xabar berilgan edi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Shu sababdan poytaxtimizda yo‘nalishsiz taksi haydovchilarining faoliyatini nazorat qilish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB va Transport vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari birgalikda poytaxtimizning har bir tumanlari hududida va poytaxtimizga kirish chiqish postlarida, YPX maskanlarida hamkorlikda xizmat olib borishib, fuqarolarga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini nazorat qilishmoqda, deya ma’lum qilmoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, yo‘l kira narxlari sun’iy oshirilib yuborilmasligi ham nazoratga olingan.