Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi Jalolobodda koronavirusga chalingan odam karantindan qochgani haqida haqidagi yolg’on ma’lumot tarqatgan xabar muallifini hibsga oldi. Bu haqida “24 KG” ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Erkak kompaniyalarning birida xususiy yuk tashish bilan shug’ullanishi aniqlangan. U ijtimoiy tarmoqlar orqali koronavirus bilan kasallangan bemorlar Jalolobod viloyati klinik shifoxonasidan qochib ketganligi va shifokorlar ommaviy ravishda chiqib ketishgani haqida ma’lumot tarqatgan.

Ushbu shaxs qilgan qilmishi uchun tavba qilgan va xalqdan uzr so’raganligi aytiladi xabarda. MXDQ Qirg’iziston qonunchiligi doirasida yolg’on ma’lumot tarqatishda jinoiy javobgarlik ko’zda tutilganligini eslatgan.

Eslatib o’tamiz, ushbu mamlakatda hozirgi vaqtda koronavirusga chalingan bemorlar soni 12 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 300 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.