Germaniya iqtisodiyot vaziri Peter Altmayer koronavirus inqirozi may oyining oxirigacha davom etishini taxmin qildi. Bu haqida “Reuters” xabar bermoqda.

Foto: Peter Altmayer

“Aprel va may oylarida biz ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishimiz tayin. Albatta, iqtisodiyot ham ancha orqaga ketadi. Taxminimcha, «Covid-19» inqirozidan may oyi oxiridan boshlab chiqa boshlaymiz. Shuning uchun ham kasallik rivoji bilan aloqador sohalarga pul tikishni o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Men pul tikishni maslahat bermagan bo‘lar edim”, — dedi Altmayer.

Ma’lumot uchun, koronavirus tufayli dunyoning deyarli barcha davlatlari iqtisodi zarar ko‘rmoqda.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 300 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.