Foto: Sputnik

“Biz 99 foiz oilani tekshirdik. Maqsadimiz 11 fevralgacha barcha ishni yakunlash”, deya ma’lum qilgan Ma Gotsyan.

Bir necha kun ichida 4,2 mln oila yoki 10,6 mln kishi virusga chalinganlikka tekshirib chiqilgan.

Ma Gotsyanning ta’kidlashicha, aholi o‘rtasida kasallanganlarning qolishi xavfini to‘liq istisno qilish uchun shifokorlar va Uxan ma’muriyati vakillari barcha mehmonxonalar, yotoqxonalar, uylar va xonadonlarni ikki martalab aylanib chiqishgan. “Birinchi tekshiruvda tahlillar virus yo‘qligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bir kun o‘tishini kutib, so‘ngra yana tekshiruvni amalga oshirish kerak edi. Faqat shundagina odam virusga chalinmaganini ta’kidlash mumkin”, deb tushuntirgan Ma Gotsyan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan Uxanda 681 kishi vafot etgan, 16,9 ming kishi unga chalingan. Mingdan ko‘proq Uxanliklar sog‘ayib ketgani aytilmoqda.