Koronavirusning yangi turini o’rganish bizga virusni keltirib chiqaradigan kasallikning o’rtacha inkubatsiya davrini 5,1 kunda hisoblashimizga imkon berdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: SARS-CoV-2 koronavirus tasvirini mikroskop ostida ko’rinishi

Bu haqida yakshanba kuni “Rospotrebnadzor” Jon Xopkins nomli Sog’liqni saqlash maktabi tadqiqotchilari tomonidan olingan ma’lumotlarga tayanib ma’lum qilgan.

“COVID-19 nafas olish kasalligining qo’zg’atuvchisi bo’lgan yangi SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqaradigan infeksiyalar haqida keng tarqalgan ma’lumotlarning tahlili bizga kasallikning o’rtacha inkubatsiya davrini 5,1 kunga hisoblashimizga imkon berdi”, – deyiladi xabarida.

Ta’kidlanishicha, yuqtirganlarning 97% dan ortig’ida kasallik belgilari infeksiyadan keyin 11,5 kun ichida paydo bo’lgan, bu koronavirusga shubha qilingan odamlar uchun 14 kunlik karantin davri zarurligini tasdiqlaydi.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 300 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.