Nur-Sulton shahrida koronavirus infeksiyasining yana ikkita holati qayd etildi, deb xabar beradi “Kazinform”.

Foto: Evrensel

Bugun mahalliy vaqt bilan 09:00 (Toshkent vaqti bilan 08:00) da Qozog’istonda koronavirus infeksiyasining yana 2 ta holati Nur-Sulton shahrida qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 56 holati aniqlangan, jumladan:

Nur-Sulton shahrida 31 ta, Olmaotada – 22 ta, Qarag’anda – 2 ta, Olmaota viloyatida 1 ta holat qayd etilgan.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 300 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.