Yaponiyaning Nissan Motor ishlab chiqaruvchisi Barselonadagi zavodida ishlab chiqarishni to’xtatdi va 3 ming ishchi bilan shartnomalarni bekor qildi. Bu haqida yakshanba kuni Nikkei gazetasi ma’lum qildi.

Foto: Alde Security Solutions

Bunday choralar Ispaniyada koronavirusning tarqalishi, odamlarning harakatlanishiga cheklovlar, shuningdek tarkibiy qismlarni yetkazib berishda uzilishlar bilan bog’liq, deyiladi xabarda.

Korxonani qayta tiklash vaqti hozircha noma’lum. Nissan zavodi yiliga 200 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo’ljallangan, ammo o’tgan yili 65 mingga yaqin yengil avtomobillar, shu jumladan yengil yuk mashinalari va tijorat avtoulovlari chiqargan.

Hozirgi vaqtda Ispaniyada 25 mingga yaqin odam kasal bo’lib, 1,3 mingdan ko’proq odam vafot etgan. 14 mart kuni Qirollik Vazirlar Kengashi koronavirusning yangi turining tarqalishi sababli yuqori ogohlantirish rejimini joriy qilishni ma’qullashgan.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 300 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.