Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 300 mingdan oshdi, shu bilan birga 91,5 mingdan ortiq odam tuzalib ketdi, deb yozmoqda Jon Xopkins Amerika universiteti.

Foto: Google

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 304 544 kishi COVID-19 bilan kasallangan, 12 974 kishi vafot etgan.

Infeksiyaning eng ko’p holatlari Xitoyda qayd etilgan – 81 305, Italiya – 53 578, Ispaniya – 25 374 va AQSh – 24 783.

Ularning ortidan Germaniya – 22 783 ta, Eron – 20 610 va Fransiya – 14 308 ta.

O’limning eng ko’p soni Italiyada – 4 825, Xitoyda – 3 139, Eronda – 1 556 va Ispaniyada – 1 375.

Ayni paytda davolanganlar soni bo’yicha Xitoy, Eron, Italiya, Ispaniya va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Dunyoda jami 91 679 kishi koronavirusdan davolangan.