Italiyaning “Milan” futbol klubining texnik direktori Paolo Maldini koronavirus bilan kasallangan. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: EPA-EFE/Riccardo Antimiani

Ta’kidlanishicha, koronavirus uning o’g’li – 18 yoshli “Milan” futbolchisi Daniel Maldinidan ham topilgan. Ularning sog’lom ekanligi va allaqachon ikki haftani uyda boshqa odamlar bilan aloqa qilmasdan o’tkazganini ta’kidlangan.

Paolo Maldini 51 yoshda, futbolchi sifatida u butun faoliyati davomida “Milan” da 1984 yildan 2009 yilgacha o’ynagan. 16 yoshligida u milliy chempionatda debyut qilgan eng yosh o’yinchiga aylandi.

Eslatib o’tamiz, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 298 mingdan oshiq odam virusni yuqtirib olgan. Virus tufayli 12 mingdan koʻproq odam vafot etgan.