22 martdan Toshkent shahrida faqat yengil avtomobillar, ya’ni dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashilishiga ruxsat berilgani haqida xabar berilgan edi.

avto mashina kira obhavo bahor toshkent
Foto: Sputnik

Shu bois qonuniy tarzda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarni poytaxtdagi 8 ta avtobus saroyida Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovsiz dezinfeksiyadan o‘tkazishlari mumkin.

Yo‘lovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan o‘tmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan o‘tkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yo‘l haqini oshirib yubormasdan, mo‘’tadil ushlab turish so‘raladi.

Shuningdek, barcha hamshaharlarimizni poytaxtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlab, tavsiyalarni amalga oshirishga yakdillik bilan munosabatda bo‘lishga chorlab qolamiz.