Qozog’istonlik shifokorlar Nur-Sulton shahrida koronavirus infeksiyasining yana yangi ikki holatini aniqlashdi, natijada ularning soni 54 kishiga yetdi. Bu haqida bugun respublika Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Zakon KZ

“Nur-Sulton shahrida koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlandi. Bugungi kunga qadar mamlakatda 54 ta holat, jumladan, Nur-Sultonda 29 ta, Olmaotada 22 ta, Qarag’anda shahrida ikkita va Olmaota viloyatida bitta holat aniqlandi”, – deyiladi xabarda.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 275 mingdan ortiq odam ushbu kasallikni yuqtirgan, 10 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.