Bugungi kunda karantin munosabati bilan ta’lim muassasalarida darslar to‘xtatilgan, o‘quvchilar uchun onlayn rejimda test topshiriqlari berib borilyapti. Ammo ayrim chekka hududlarda internet imkoniyatlari yetarli emas. Hozirda respublikamizning chekka xududlarini internet bilan qamrab olish yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda?

Foto: Tech.thaivisa.com

Bu masala yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo’ldashev quyidagicha izoh berdi:

“Hozirgi kunda, operatorlar tomonidan tarmoqlarni rivojlantirish rejalari bo‘yicha ishlar to‘xtovsiz davom etirilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) pandemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida Mobil aloqa operatorlar tomonidan o‘rnatilayotgan tayanch stansiyalari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan baza stansiyalarini ishga tushirish tartibini soddalashtirish, jumladan loyihalash uchun ruxsatnomalar taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunga kelib, ushbu soddalashtirilgan tartib bo‘yicha 100 dan ortiq baza stansiyalar muddatidan avval ishga tushirilmoqda”.