Foto: Sof.uz

Hafta davomida yomg‘irli va salqin ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda. 11−13 fevral kunlari kunduzgi harorat +5…+10 darajaga pasayib, kechalari qirov tushishi mumkin.

Respublikada ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, 10 fevralda respublikaning ayrim joylariga va 11−12 fevralda tog‘li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 fevralda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi.

10 va 12 fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bugun harorat 8−13 daraja iliq, shimolda 0−5 daraja iliq.

11−13 fevral kunlari havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0−5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5−10 daraja iliq bo‘ladi.

14 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha bir oz tanaffus bilan ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. 15 fevralda Kavkaz hududidan kiradigan antisiklon ta’siri natijasida mamlakatimizda yana yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni ko‘rsatib o‘tilgan chegarada saqlanib turadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin.