ICF — Xalqaro Shodiyev fondi O‘zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Fattoh Shodiyev

Qayd etilishcha, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash dasturining birinchi bosqichi mamlakat bo‘ylab barcha keksa yoshdagilar va kam ta’minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Xalqaro Shodiyev fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining virusli infeksiya pandemiyasi sharoitida zarur qoidalarga amal qilish bo‘yicha tavsiyalarini bajarishga oid da’vatiga qo‘shiladi. Insonparvarlik yordami jamlanmasi ichiga o‘zbek tilidagi tavsiyalar ham joylashtiriladi.