Taniqli kinorejissyor Nozim Abbosov bugun, 21-mart kuni 58 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida “Kino san’ati” xabar bermoqda.

Foto: Kino san’ati

Ma’lumot uchun, Nozim Abbosov 1962-yilda rejissyor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini postanovkachi rassom sifatida 1984 yildan boshlagan. Rejissyor sifatida «Oydinoy», «Abadiyat charxi», «Said bilan Saida» kabi filmlarni suratga olgan.

Nozim Abbosovning so‘nggi filmlaridan biri “Said bilan Saida” filmi uchun AQShdagi o‘zbeklar minnatdorchilik bildirishgan edi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Atlanta shahrida yashovchi o‘zbeklar jamiyati a’zolari uchun “Said va Saida” badiiy filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan.

Shu munosabat bilan AQShning Atlanta shahri O‘zbeklar jamiyatining Raisi Rahmon Eshov “O‘zbekkino” Milliy agentligiga film haqida iliq taassurotlar va minnatdorchilik bildirilgan tashakkurnoma yubogan edi.

Nozim Abbosovning “Fellini” filmi ham o‘z vaqtida kinokritiklar tomonidan yuqori baholangan.

Ushbu filmda rejissyor mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lsa-da, kino olamini chin qalbidan sevadigan mahalliy kinomexanik obrazi orqali kinoga fidoyilik qanday bo‘lishini ko‘rsatib beradi.

Jamoamiz nomidan rejissyorning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.