“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru kasalxonadan chiqdi.

Foto: Instagram

Doloresh 3-mart kuni insultni boshdan kechirgan va Funshaldagi kasalxonaga tushib qolgandi. Keyinchalik uning holati yaxshilangan va Mariyani Madeyradagi shifoxonaga koʻchirishgandi.

Ayni damda uning sogʻligʻiga hech narsa xavf solmayapti va shifokorlar uyga ruxsat bergan.

Eslatib oʻtamiz, 2007-yilda Mariya Doloresh koʻkrak bezi saratoniga yoʻliqqan va uni yengib oʻtgandi.