Foto: O’zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi ma’lumotiga ko‘ra, endi avtomobil haydovchilari yo‘lovchi va yuk tashishga lisenziya olish uchun YaIDXPga ariza topshirib, zarur bandlarni elektron shaklda to‘ldirishi va arizasi tasdiqlanishini kutishi kifoya bo’ladi.

Ta’kidlash joizki, ushbu xizmat ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yig‘im – 223 ming so‘m undiriladi. Lisenziya kartasini berish uchun ham davlat boji undirilib, uning miqdori avtomobil’ hajmiga qarab belgilanadi. Bunda qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma yozma yoki elektron shaklda bir ish kuni ichida yuboriladi. Lisenziya cheklanmagan amal qilish muddatiga taqdim etiladi.

Bu yangilik avtomobilda yuk tashuvchilarga vaqt va mablag‘ini tejash hamda lisenziya olish jarayonining yanada shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.