Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kreml veb-saytida e’lon qilingan farmonga ko’ra, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga “Mehnat Qahramoni” unvonini berdi, deb yozmoqda “RIA novosti”.

Foto: RIA novosti

“Davlat va xalq oldidagi maxsus mehnat xizmatlari uchun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Rossiya Federatsiyasi “Mehnat Qahramoni” unvonini berish”, deyiladi farmonda.

Eslatib o’tamiz, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 70 yoshga to‘lgan Sergey Lavrovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlaganligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Sergey Lavrovni 70 yoshga toʻlganligi munosabati bilan tabrikladi.