O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijda bo‘lgan va qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni vatanga qaytarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berilganligi haqida ma’lumot taqdim etilgan edi.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi joriy yilning 21-22 mart kunlari charter qatnovlarining navbatdagi jadvalini e’lon qildi. Bu haqida kompaniya axborot xizmati yozmoqda.

Bunga ko’ra:

Kuala-Lumpur:

  • HY3505 Toshkent – Kuala-Lumpur qatnovi , 21-mart — mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da ketish, 21:30 da kelish.
  • HY3506 Kuala-Lumpur – Toshkent qatnovi — mahalliy vaqt bilan 23:30 da uchish, 4:30 da kelish.

Istanbul:

  • HY273 Toshkent – Istanbul qatnovi, 21-mart — mahalliy vaqt bilan 17:55 da ketish, 20:15 da kelish.
  • HY274 reysi Istanbul – Toshkent qatnovi — mahalliy vaqt bilan 21:45 da ketish, 5:15 da kelish.

Moskva:

  • HY601 Toshkent – Moskva qatnovi (Vnukovo aeroporti), 21-mart — mahalliy vaqt bilan 19:05 da ketish, 21:25 da kelish.
  • HY602 Moskva – Toshkent qatnovi (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan 22:55 da ketish, 4:50 da kelish.

Jakarta:

  • HY541 Toshkent – Jakarta qatnovi, 22-mart — mahalliy vaqt bilan 19:30 da ketish, 05:40 da kelish.
  • HY542 Jakarta – Toshkent, 23-mart — mahalliy vaqt bilan 07:10 da ketish, 13:20 da kelish.

Kecha, 21 martdan xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini charter reyslar orqali vatanga qaytarish boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston fuqarolari qaytgach, BMT jahon sog’liqni saqlash tashkilotining talablari va me’yorlariga qat’iy rioya etgan holda 14-kunlik karantinga joylashtiriladi.