Hozirga kelib ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 14 kishini tashkil etdi. Bishkekda aniqlangan ikkita yangi holat karantin rejimida bo’lgan. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

Foto: RIA novosti

Mamlakatning koronavirusga qarshi kurash bo’yicha Respublika shtab-kvartirasi xabariga ko’ra, birinchi holat “Manas” aeroportidagi sobiq Gansi bazasida kuzatuv ostida bo’lgan Fransiyadan kelgan karantindagi odam bo’lgan. Ikkinchisi esa, Ak Keme mehmonxonasida karantindagi shaxs bo’lgan.

Avvalroq ushbu mamlakatda koronavirus bilan tasdiqlangan holatlar soni 12 nafarni tashkil etayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 275 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 10 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.