Foto: “O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infeksiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfeksiya amaliyotida qo‘llaniladigan natriy gipoxlorit mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga beg‘araz taqdim etildi.

Natriy gipoxlorit – bu gipoxlor kislotasining tuzi bo‘lib, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida turli xil obyektlar va sekresiyalarni zararsizlantirish, shuningdek, maxsus obyektlarni dezinfeksiyalash uchun joriy, yakuniy va profilaktik dezinfeksiya paytida qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu hayriya tadbiri orqali taqdim etilgan natriy gipoxlorit mahsuloti Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olib boriladigan profilaktik dezinfeksiya amaliyotini yanada samarali tashkil etishga kichik xissasini qo‘shadi degan umiddamiz, deyiladi xabarda.