“Uzreport TV” telekanalida jonli efirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari Qaxramon Yo’ldashev ishtirokida brifing bo’lib o’tmoqda. Brifing chog’ida, bugungi kunda AliExpress’dan tovar buyurtma qilish mumkinmi?, deya savol berild.

aliexpress aliekspress
Foto: Ria novosti

Qahramon Yo’ldashev, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari: Ha, mumkin. Xitoy hukumati komissiyasining qaroriga binoan 4 fevraldan 4 martgacha pochta jo‘natmalarini jo‘natish taqiqlangan edi. Hozirgi vaqtda esa Xitoy bilan pochta almashinuvi Qozog‘iston orqali yer usti transporti orqali amalga oshirilmoqda.

Aliekspress orqali buyurtma qilingan pochta jo‘natmalari, yetkazib berish vaqtida biroz kechikish mumkin. Bir qator mamlakatlarda parvozlarning bekor qilinishi munosabati bilan pochta orqali asosan yer usti transporti orqali amalga oshirilmokda.

“O‘zbekiston pochtasi” va “Qozog‘iston pochtasi” o‘rtasida Xitoy Xalq Respublikasidan pochta jo‘natmalarini (jumladan AliExpress buyurtmalarini) yuk mashinalari orqali Qozog‘iston orqali tranzit qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Pochta jo‘natmalari va ularni jo‘natish sanitariya-epidemiologiya standartlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuning uchun qabul qiluvchilarni tashvishga soladigan hech qanday sabab yo‘q.