Qirg’izistonda COVID-19 infeksiyasining 12 ta holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi, bularning barchasi respublikaning janubida. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qilishga qaror qilishdi, deya ma’lum qildi “Sputnik”.

Foto: Sputnik

Qirg‘iziston Respublikasi Xavfsizlik Kengashi Bosh vazirga 22-martdan respublika hududida favqulodda holat rejimini joriy etishni tavsiya qilgan edi.

Mamlakatning janubida koronavirus infeksiyasining 12 ta holati aniqlangan. Suzoq tumanida – sakkizta (Jalolobod viloyati), uchtasi – Novqatda (O’sh viloyati) va bittasi – Botkenda. Barcha kasallikni yuqtirgan qirg’izistonliklar Umra ziyoratida borib qaytishgan qaytishgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 275 mingdan oshiq odam virusni yuqtirib olgan. Virus tufayli 10 mingdan koʻproq odam vafot etgan.