Foto: Aniq.uz

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qarab yo‘l olgan 2000 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.A.ning qo‘l yukini ko‘zdan kechirish vaqtida 300 dan ortiq tibbiy niqob topilgan. Buyumlarning tegishli hujjatlari bo‘lmagan.

Qirg‘iziston hukumatining 3 fevraldagi qaroriga binoan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni Qirg‘iziston hududidan olib chiqishga 6 oy muddatga vaqtincha taqiq qo‘yilgan bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, O.A. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.