Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun Novosibirsk shahridan (Rossiya) qo‘shimcha aviareys tashkillashtirish masalasini hal qildi. Bu haqida TIV matbuot xizmati yozmoqda.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

Charter samolyotning Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozi 21-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:35 ga, qo‘nishi esa Toshkent vaqti bilan soat 18.35 ga mo‘ljallangan.

Qo‘shimcha aviareyslarni tashkillashtirish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganidan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Eslatib o’tamiz, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati O’zbekistonda aniqlandi. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlar soni 37 nafarni tashkil etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.