Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 mart kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on avtomobil’ yo‘lining 1-km.da Cho‘ngbosh mahallasi hududida haydovchi Z.M. “Vaz-21063” rusumli transport vositasida harakatlanib ketayotgan vaqtida haydovchi A.K. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli transport vositasining chap tomonga burilishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib to‘qnashuv sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Natijada, “VAZ 21-063” avtomashinasi old qismida yong‘in yuzaga kelib, ushbu avtomashina haydovchisi Z.M. va old qismida o‘tirgan yo‘lovchi Ya.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan. Yong‘in bartaraf etilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.