Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navro‘z Siz va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navro‘z tinchlik va yangilanish ramzi bo‘lmish o‘ziga xos bayramdir. Ushbu ayyom ayniqsa joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi ro‘yobga chiqayotganini ko‘rish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yo‘ldan harakat qilar ekansiz, Qo‘shma Shtatlar Siz va O‘zbekiston xalqining qat’iy va o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi.

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan,
Donald J. Tramp,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti