Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Namangan shaxridagi “Sardoba bozori” MChJ, “Chorsu dehqon bozori” OAJ va “Yashil dehqon bozori” MChJ ma’muriyatlari tomonidan shahrimiz fuqarolarini qo‘llab quvvatlash maqsadida bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan barcha turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini buyurtmaga asosan uy manzilga yetkazib berish (dostavka) tizimini yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida Namangan shahar hokimligi axborot xizmati yozmoqda.

Buyurtmalar:

  • “Sardoba bozori” MChJda (69) 227-95-90, (90) 278-00-06;
  • “Chorsu dehkon bozori” OAJda (69) 227-42-23, (97) 252-34-24;
  • “Yashil dehqon bozori” MChJda (90) 597-85-41, (91) 360-53-39 telefon raqamlari orqali qabul qilinadi.

Murojaatlar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.