O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirliginig Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

tibbiy niqob maska
Foto: RIA novosti

Mamlakatimizda 2019-nCoV koronavirusining yangi turi tarqalishini oldini olish, respublika hududida qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash, aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini olidini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish, shuningdek tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab qilinishini inobatga olgan holda tibbiyot niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Endilikda, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Shuningdek, tibbiy niqob amaliyotda qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.