Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqida Qozog’iston IIV Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Foto: Foto: Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

Hukumat rahbarlari koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va aholini COVID-19 dan himoya qilish, shu jumladan fuqarolarni o’z vatanlariga qaytarish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralarda vegetatsiya davrida suv-energetika sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek favqulodda holatlarda Qozog‘iston Respublikasining davlat chegarasi orqali yuk tashishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, Qozog’iston respublikasida ayni vaqtda koronavirus bilan og’rigan bemorlar soni 52 nafarni tashkil etmoqda.