Respublikamiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikamizning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni so‘raymiz, deb yozmoqda IIV axborot xizmati.

Foto: IIV axborot xizmati

Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbi rlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.

Karantin vaqtida eng xavfsiz joy o‘zingiz yashab turgan uyingiz ekanligini unutmang, deyiladi xabar so’ngida.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.