Milliy teleradio-kompaniya raisi Alisher Xo‘jayev o‘zining Facebook sahifasi orqali zarur mahsulotlar va xizmatlarni uyga yetkazish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar haqidagi e’lonlar MTRKda bepul joylashtirilishini ma’lum qildi.

Foto: Darakchi

Yangi direktor o‘z tashabbusini “koronavirusga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash hamda yurtdoshlarimiz hozirgi davrda uyda o‘tirishlarini rag‘batlantirish maqsadida” amalga oshirayotganini aytgan.

Reklama e’lonlari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lguniga qadar MTRK telekanallarida bepul joylashtiriladi.