Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, kasallikka chalinganlar sonining kunlik o‘sishi 8 foizni yoki 2987 kishini tashkil etmoqda. 909 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoydan tashqari dunyoning 25 ta davlatida 318 kishida qayd etilgan.

Xabar berilishicha, agentlikning virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 10-fevral kunigacha 812 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmagan.

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga 9-fevral, yakshanba kuni, xorijiy davlatlardan 31 ta samolyotda kelgan 3829 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan 4 ta poyezdda jami 563 kishi nazoratdan o‘tgan. Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 34 550 kishi termometriyadan o‘tkazilgan.

2020-yil 10-fevral, dushanba kunigacha Xitoyda bo‘lib qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ulardan 2676 nafarida kasallikning yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlangan. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Agentlikning koronavirusga qarshi markaziy shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmagan.

Bu kasallik Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.