Yunonistonda 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqida Afina universiteti seysmologik laboratoriyasi xabar bermoqda, deb yozadi “RBC”.

Foto: Google

Afina yangiliklar agentligining xabar berishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 02:49 (Toshkent vaqti bilan 05:49) ro’y bergan. Zilzila epitsentri Parga shahridan 14 km shimoli-sharqda, zilzila markazi 10 km chuqurlikda bo’lgan.

Agentlikning xabar berishicha, yerosti silkinishlari Theprotia, Preveza, Ioannina, Arte, Korfu va mamlakatning boshqa mintaqalarida sezilgan.

Avvalroq, Hind okeanidagi Indoneziya qirg’oqlari yaqinida 5,1 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilzila markazi 10 km chuqurlikda bo’lgan.