Qirg’izistonda yana 6 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi, dedi Sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari Tolo Isakov.

Foto: Sputnik

Uning so’zlariga ko’ra, beshta holat Suzoq tumanida, yana bitta – Botken viloyatida. Kasal bo’lganlar ham Umra ziyoratini ado etganlar bilan birga kelgan. Ularning yoshi 45 dan 70 yoshgacha.

Avvalroq uchta holat Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida, yana uchtasi O’sh viloyatining Novqat tumanida qayd etilgan.

Umumiy olganda, bugungi kunda mamlakatda kasallarning umumiy soni 12 kishini tashkil etmoqda – oltita ayol va olti erkak. Keksalarda zaif immunitet mavjud, diabet bilan bog’liq muammolar ham, deyiladi xabarda.

Bemorlar izolyatsiya qilingan, ular tibbiy nazorat ostida, tegishli davolanish amalga oshirilmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq koronavirusga chalingan ilk bemorlar 3 nafarni tashkil etayotgan edi, keyin yangi 3 ta holat qayt etilgan.