Xitoyning ingliz tilida chop etiladigan “China Daily” nashri internet tarmog‘ida “Covid-19 bilan Xitoycha kurash” maxsus veb-sayti ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Covid-19 China Daily

Mazkur yangi veb-sayt Xitoyning ushbu epidemiyaga qarshi kurashda olib borayotgan sa’y-harakatlari va orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etildi.

Yangi saytda “So‘nggi statistik ma’lumot”, “Savol-javob”, “Ilmiy-ommabop bilimlar”, “Video materiallar” va boshqa qator bo‘limlardan iborat.

Maxsus platformada COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina yaratish, yuqumli kasallikni davolash uchun taklif etilishi mumkin bo‘lgan dori-darmonlar ishlanmalari, epidemiyaga qarshi kurashning samarali kechishini ta’minlash bo‘yicha Xitoy tajribasi haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.

Sahifada taniqli virusolog va ekspertlar bilan intervyular ham joylashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu sayt orqali “COVID-19 kasalligini davolashda qo‘llaniladigan an’anaviy Xitoy tabobati usullari bilan ham tanishish mumkin.

Mazkur veb-sayt ruknlari Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Ilm-fan va texnika vazirligi, Davlat farmatsevtika boshqarmasi hamda An’anaviy Xitoy tabobati ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan materiallar asosida to‘ldirib boriladi.

“Covid-19 bilan Xitoycha kurash” veb-sayti bilan “https://covid-19.chinadaily.com.cn” havolalari orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, dekabr oyidan beri mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 3255 kishini tashkil etdi, kasallikning 81008 holati qayd etildi. Ulardan 3139 tasi Xubeyda vafot etgan, 67,8 ming kishi kasal bo’lgan.

Hozirda mamlakatning tibbiy muassasalarida 6 mingga yaqin odam davolanmoqda, 1,9 ming bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda. 71,7 mingdan ortiq bemor davolandi va tibbiy muassasalardan chiqib ketishgan.

O’tgan yilning dekabr oyidan beri Xitoyning materikdan tashqaridagi hududlarida 408 ta kasallik qayd etildi: Gonkongda – 256 (to’rtta o’lim bilan), Makaoda – 17 ta, Tayvanda – 135 ta (ikkita o’lim).

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 244 mingdan oshiq odam virusni yuqtirib olgan. Virus tufayli 10 mingdan koʻproq odam vafot etgan.