O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijda bo‘lgan va qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni vatanga qaytarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chqish to‘g‘risida topshiriq berdi.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google

Yangi turdagi koronavirusning O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida zudlik bilan aviakompaniyalarning O‘zbekistonga kelishini ta’minlovchi charter reyslarining jadvalini ishlab chiqdi:

  • 21 mart – Moskvadan (Rossiya) ertalab soat 03.30da va Dehlidan (Hindiston) ertalab soat 17:30da,
  • 22 mart – Kuala-Lumpurdan (Malayziya) soat 04.30da, Moskvadan (Rossiya) soat 05.00da, Istanbuldan (Turkiya) soat 06.00da va Novosibirskdan (vaqti belgilanmoqda);
  • 23 mart – Seuldan (Koreya Respublikasi) soat 02.00da;
  • 24 mart – Jakartadan (Indoneziya) ertalab soat 07.00da;
  • 26 mart – Bangkokdan (Tailand) soat 01.00 da.

Hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan charter reysi orqali olib kelinishi davom etiriladi.

Keyingi kunlarning parvoz jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga ko‘ra 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.