Mamlakatimizning Brussel shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilning 16-mart kunidan boshlab diplomatik vakolatxona huzurida Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Daniya hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish uchun operativ shtab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Foto: Tourprom.ru

Elchixona Benilyuks davlatlari va Daniya vakolatli organlari bilan O‘zbekiston fuqarolarining bo‘lib turish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga vizasining amal qilish muddati tugamasdan mahalliy migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilishlari qat’iy tavsiya qilinmoqda.

Karantin chog‘ida Elchixonada konsullik-huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish masofadan turib (bevosita tashrif buyurmasdan) amalga oshiriladi, deyiladi bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari Brussel shahridagi Elchixona huzuridagi operativ shtabga murojaat qilishlari mumkin:

Shtab rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xakimov Dilyor Zafarovich, +3226612040, +3226612041, ambassador@uzbekistan.be.
Shtab rahbari o‘rinbosari – Mamatov Ravshan, +3226612046, benelux@uzbekistan.be.